Oʻquvchilar oʻz vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars oʻtmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq toʻlanmaydi.
Sinf rahbari “bir kunlik jurnal” da fanlar ostidagi “PR” ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qoʻyib boradi:
s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq — sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
k — kasallik sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m — surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini koʻrsatish uchun;
q — taʼlim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun;
tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun qoʻyish belgilanadi.
Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:
s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq — darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).
Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab taʼlim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.