Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari qanday taqsimlanadi? - Ta’lim xabarlari
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari qanday taqsimlanadi?

Dekretdan qaytganlar faqatgina ta’tildan avvalgi darsini olib o‘ta oladi degan qaror hali ham kuchdami? Masalan, dekret ta’tiliga chiqmasdan avval dars 10 soat edi. Qaytgandan keyin ham shu 10 soatga ishlaydimi?

 

“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

 

Ya’ni, xodim dekret ta’tilidan qaytganda uning darslari qayta taqsimlanadi. O‘qituvchining ko‘rsatgich natijalari yuqori bo‘lsa, (toifa, sertifikat va h.k) unga avvalgidan ham ko‘proq dars soatlari ajratilishi mumkin.

 

Umuman olganda, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры