Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi - Ta’lim xabarlari
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlandi

Ma’lumki, joriy yil 22-avgustdan boshlab belgilangan sanalarda OTMlariga kirish hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari Apellatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Apellatsiya jarayoni 2024-yil 10-sentabr kuni to‘liq yakuniga yetdi.

 

Apellatsiya komissiyasi tomonidan 4 055 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 831 nafari (20,5%) jarayonda ishtirok etgan, 3 224 nafari esa ishtirok etmagan.

 

Bilimni baholash agentligi tomonidan joriy yilda ilk marta Nukus shahrida apellatsiya shikoyati bergan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sayyor Apellatsiya komissiyasi tashkil etilgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra Apellatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры