C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi - Ta’lim xabarlari
C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar, ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorni imzolagan.

 

Unga ko‘ra joriy yil 2023- yil 1-sentyabrdan boshlab professional ta’lim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumta’lim fan o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq to‘lash yo‘lga qo‘yilgan.

 

Shuningdek, qaror bilan:

 

Milliy baholash tizimi muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar ro‘yxati;

 

Ta’lim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar ro‘yxati;

 

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры