56 nafar pedagog test sinovlaridan chetlashtirildi

56 nafar pedagog test sinovlaridan chetlashtirildi

25-aprelda O‘zbek tili (Davlat tili) hamda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarini malaka sinovlaridan o‘tkazish jarayonlari yakuniga yetkazildi.

 

Jarayonlarda umumiy hisobda 5 453 nafar pedagogning ishtirok etishi belgilangan edi.

 

Shundan 5 056 nafari attestatsiya jarayonlarida qatnashdi. 397 nafari ishtirok etmadi, 8 nafari sinovlardan chetlashtirilib, belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

15-apreldan 25-aprelga qadar esa mamalakatimiz bo‘yicha 64 649 nafar pedagog malaka sinovlarida ishtirok etdi. Ularning 5 211 nafari qatnashmadi.

 

Bu boradagi eng yuqori ko‘rsatkichlar Surxondaryo , Samarqand Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

 

Test sinovlarida belgilangan tartib qoidalarini buzganlik sababli 56 nafar pedagog sinovlardan chetlashtirildi.

 

25-apreldagi test sinovlarida o‘rtacha ball natijalarining tahlili bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Buxoro viloyatida 69,98 ball, Xorazm viloyatida 69,22 ball, Toshkent shahrida 67,9 ball va Farg‘ona viloyatida 65,43 ball qayd etilgan.