Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkinmi?

Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkinmi?

Belgilangan qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasida tug‘ilgan kun nishonlash taqiqlangan.

 

Bundan tashqari:

 

–  darsda «naushnik» ishlatish;

–  taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;

–  boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.

 

 

Ushbu tartibni buzganlarga qanday jazo qo‘llaniladi?

 

Agar o‘quvchi bu qoidalarga amal qilmasa, unda ota-onasi yozma ogohlantiriladi. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchi muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olinadi. Ota-ona maktabga chaqirilib, ular bilan inspektor-psixolog suhbat o‘tkazadi.