Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrugʻiga ko‘ra, o‘qituvchilar e-maktab.uz tizimida sinf rahbarining vazifalari belgilb o’tilgan. Unga ko’ra,
— ota-ona (oʻquvchining qonuniy vakili) uchun platformada profil yaratib, vaqtinchalik login va parolni tarqatish;
— ota-onalar va oʻqituvchilar uchun unutilgan login va parolni tiklash tartibi hamda oʻquvchi va ota-ona (oʻquvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy maʼlumotlarini uzatish uchun javobgar boʻlish;
— ota-ona (oʻquvchining qonuniy vakili)ning platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tugʻilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat oʻz ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga maʼlumot kiritish;
— sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan oʻquvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;
— oʻquvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar toʻplamini yigʻib, muassasa rahbariga taqdim etish;
— umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan vazifalar bajarilishini taʼminlaydi.