Maktabgacha ta’lim tashkilotiga direktor tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi - Ta’lim xabarlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga direktor tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining (27.08.2024 №531-son) qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Malaka oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’limi tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kursida o‘qitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy etiladi.

 

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

 

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarni o‘qitish va sertifikat olish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры