Maktab pedagogik kengashi ota onalar bilan kelishgan holda majburiy forma joriy etishi mumkin - vazir - Ta’lim xabarlari
Maktab pedagogik kengashi ota onalar bilan kelishgan holda majburiy forma joriy etishi mumkin – vazir

Hukumat tomonidan yagona maktab formasi joriy etishning aniq muddati belgilanmaganligi sababli, yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo’lmasligi haqida xabar bergan edik.

 

 

Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri va vazir o’rinbosari matbuot anjumanida har maktab o’zi majburiy maktab formasini joriy etishi mumkinligni ma’lum qilishdi. Ya’ni, maktab pedagogik kengashi ota onalar bilan kelishgan holda majburiy forma joriy etishi mumkin.

 

Shuningdek, vazirlik matbuot kotibi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumtaʼlim maktabining bu boradagi oʻz ichki Nizomlari qabul qilinganlig haqida bayonat bergan edi. Unga koʻra, maktab oʻquvchilarining maktab formasida kelish tartibi umumtaʼlim muassasalarining ushbu ichki Nizomlarida belgilangan. Ushbu talab maktab formalarining majburiy joriy etilmasligini anglatmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 19-may kuni hukumatning 271-sonli qarori bilan maktab formasi 2024-2025 oʻquv yilidan emas balki, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab majburiy boʻlishi haqida qaror qabul qilingan edi.

 

Biroq ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab formasining joriy qilinishi turli xil eʼtirozlarga sabab boʻlganligi sababli,  Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilingan edi.

 

Ammo bu degani butunlay yoʻqoldi degani emas. Endilikda yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры