Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida quyidagilar: –pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni o‘z vaqtida […]
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tomonidan 2021-2022 yillar mobaynida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida respublika byudjeti hisobidan xarid qilingan kompyuter va boshqa vositalar Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ma’lumotiga ko‘ra, shartnomada ko‘rsatilgan talablar to‘liq bajarilmagani aniqlangan. Iqtisodiy jinoyatlarga […]
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘qish dasturlarini ta’lim tashkilotlari joriy etishi belgilangan. O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi. Qonundan ko‘rinib turibdiki, ichki […]
Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Samarqand viloyatida 759 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lib, ularda umumiy 107 114 nafar bolalar tarbiyalanuvchi bor. Viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida viloyatdagi bir qancha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ayrim mas’ul shaxslarning ish […]
Mazkur qoidalarga rioya qilinmaganda o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi.
Oʻzbekistonda kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish maqsadida bir qator muhim oʻzgarishlar kiritilmoqda. Ushbu oʻzgarishlar kasbiy taʼlim muassasalarini raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Bundan buyon kasbiy taʼlim muassasalari umumiy talablarga mos turli bosqichlarda kadrlar tayyorlaydigan yagona, koʻp tarmoqli tizim asosida tashkil etiladi. Shuningdek, taʼlim jarayoniga xalqaro standartlarni joriy […]
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan.
2024-2025 o‘quv yili uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan kirish test sinovlarining dastlabki yakunlariga bag’ishlangan matbuot anjumanida ushbu qaror joriy yilda qo‘llanilmasligi hamda keyingi yillarda ham tegishli qonun hujjatlariga o’zgartirish kiritilmasa, amaldagi holatda qolishi ma’lum qilindi. Ammo Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga 2021-yil 1-fevralda “Maktab bitiruvchilarining majburiy 11 yillik ta’limining oxirgi 6 […]
2024-yil 2-aprel kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
PISA (Programme for International Student Assessment), ya’ni o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur natijalariga ko‘ra, darslarga uzoq muddat qatnashmaslik ta’lim sifatida salbiy ta’sir qiladi. Xususan, O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limda uzoq vaqt davomida dars qoldirgan o‘quvchilar darslarda muntazam qatnashgan tengdoshlariga nisbatan matematikadan o‘rtacha 35 ball, o‘rta (5-9 sinflar) ta’limda 41 ball va yuqori (10-11 sinflar) ta’limda 59 ball past natija ko‘rsatgan. Tahlil […]
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qaroriga muvofiq, 208 ta tuman (shahar)larda ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman (shahar) Ishchi guruhining tarkibi […]
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: – test sinovining yozma qismi — 19–20-oktabr kunlari; – gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari). Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari […]
Moddiy yordam olish uchun xodim shu tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlashi va moddiy yordam olish uchun asos bo‘ladigan holatlar sodir bo‘lishi lozim. Bunda Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022-yildagi 425-son qaroriga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha: –xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, […]
27-sentyabr kuni Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti. Shu bois […]
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Til bilimdonlari” respublika tanlovi e’lon qilindi. Ushbu tanlovda barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistratura talabalari) hamda kollej, litsey va […]
2024-2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Davlat granti ulushi – 2024-yil
Vazirlar Mahkamasining nizomiga muvofiq, vazirlik quyidagi hollarda nodavlat oliygoh litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishi mumkin: – litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda; – litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda; – litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir […]
2024-yil 19–20-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari […]
2024-2025 o‘quv yilidan boshlab qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda imtihon topshiradigan fanlar majmuasi, imtihon topshirish tili va hududi tanlanadi. Ikkinchi bosqich esa, abituriyentlaar imtihon natijalaridan kelib chiqib, tahsil olmoqchi bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi, oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Abituriyentlarga hujjatlarni onlayn topshirish jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish bo‘yicha fanlar majmuasini aniq […]