Bu haqida ma’lumotlar sizdirilmoqda. Hozircha Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi biror aniq ma’lumot bermadi.
2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom balli, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan:
Davlat komissiyasining oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 20-avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
Demak, natijalar 20-avgustgacha chiqib bo’lishi kerak edi.