Maktab oʻquvchisi qamoqqa olindi - Ta’lim xabarlari
Maktab oʻquvchisi qamoqqa olindi

Denov tumanida voyaga yetmagan oʻsmir sud ajrimiga asosan qamoqqa olindi. U tumandagi 75-umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi boʻlgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.

 

 

Xabarda keltirilishicha, 16 yoshli oʻsmir bezorilik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanmoqda. Prokuror sudda oʻsmir tergov va suddan yashirinishi, ochiqda qolsa boshqa ogʻir yoki oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarni sodir etishi mumkinligini aytgan. Sud prokurorning iltimosnomasini qanoatlantirib, oʻsmirga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qoʻllagan.
 
 

Sud ajrimida 2008-yilda tugʻilgan E.M. oldin ham bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan. U takroran jinoiy sheriklari bilan bezorilik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.

 
 

Jumladan, 2024-yil 27-may kuni soat 22:50da E.M. hamda uning jinoiy sheriklari Denov shahri, “Nurli-manzil” MFYdagi savdo doʻkonlaridan birining oldida fuqaro M.D. va boshqalar bilan janjallashgan. Janjal paytida E.M. va uning sheriklari qoʻllarida boʻlgan tosh hamda tayoqlar bilan M.D.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, ular ushbu bezorilik holatining oldini olmoqchi boʻlgan fuqarolarga ham qarshilik koʻrsatgan.

 
 

E.M. bu orqali Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a, g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni (bezorilik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini koʻrgan boshqa fuqarolarga qarshilik koʻrsatib sodir etilishi) qasddan sodir etganlikda gumonlanmoqda.

 
 

Prokuror oʻz iltimosnomasida E.M. dastlabki tergov va suddan yashirinish ehtimoli borligini, ochiqda qolgan taqdirda boshqa ogʻir yoki oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarni sodir etishi mumkinligini bildirib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllashni soʻragan. Sud iltimosnomani qanoatlantirgan.

 
 

Oʻsmir Denov tuman IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasi orqali etap qilinib, Termiz shahridagi 9-son tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры