Ertaga vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ariza topshirish yakunlanadi

Ertaga vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ariza topshirish yakunlanadi

Ertaga 2026/2027-o‘quv yilida 31 808 ta vakant o‘rinni to‘ldirish uchun o‘tkazilayotgan qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish istagidagi abituriyentlar uchun ariza topshirishning oxirgi kuni. Tanlovda 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ishtirok etadi.

 

Xabaringiz bor, 2026/2027-o‘quv yilida 80 ta oliy ta’lim muassasasidagi 31 808 ta vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali qabul qilinadi.

 

Qo‘shimcha tanlovda 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida qatnashib, kamida 56,7 ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qatnashishi mumkin.

 

Abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan, vakant o‘rin mavjud bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bunda oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim shakli — kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakllardan birini tanlash imkoniyati mavjud.

 

Qabul qanday amalga oshiriladi?

 

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 

Vakant o‘rinlarga ariza topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabinetidagi “Vakant o‘rinlar uchun ariza berish” bo‘limidan foydalanish kerak.

 

Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. Mandat qabul yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi.

 

Agar abituriyent tanlamoqchi bo‘lgan yo‘nalishda vakant o‘rin mavjud bo‘lmasa, ushbu yo‘nalishdagi kvota to‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda qo‘shimcha qabul amalga oshirilmaydi va faqat to‘lmay qolgan o‘rinlar uchun ariza topshirish mumkin.

 

Vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

 

Vakant oʻrinlar boʻyicha qoʻshimcha ma’lumot