Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
Imtihon oʻtkaziladigan manzil:
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
(Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, “Sportchilar” koʻchasi, 19-uy).
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.
Birinchi bosqich:
– umumiy jismoniy tayyorgarlik – 6 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 30 ball beriladi);
– maxsus jismoniy tayyorgarlik – 3 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 70 ball beriladi).
Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
– 60 m. masofaga yugurish;
– 1000 m. masofaga yugurish;
– turnikda tortilish;
– past turnikda 90° tortilish;
– turgan joyidan uzunlikka sakrash;
– oldinga egilish.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
– soya bilan jang;
– qoplar bilan ishlash;
– sparing tushish.
Ikkinchi bosqich (test sinovlari):
5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi)