“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga hujjat topshirgan nomzodlar uchun kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilinmoqda. Qabul eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar orasidan belgilangan kvotalar asosida amalga oshiriladi.
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi. Imtihonlarida ishtirok etgan nomzodlar oʻz natijalarini quyidagi platformalar orqali tekshirishlari mumkin:
– my.gov.uz – https://my.gov.uz/uz/service/1095;
– ariza.piima.uz – https://ariza.piima.uz
Amaldagi nizomga koʻra, milliy dasturga nomzodlar kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvotalar doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi.
Agar nomzodlar bir xil natija qayd etsa, ustuvorlik matematika fani topshiriqlarini bajarish natijalariga qarab belgilanadi. Bunda avvalo C toifa, soʻng B toifa, undan keyin esa A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori natija koʻrsatgan nomzodga ustunlik beriladi.
Agar ushbu mezonlar boʻyicha ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlar tugʻilgan sanasiga qarab saralanadi va bunda yoshroq nomzod ustunlikka ega boʻladi.
Avvalroq, “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda oʻtkazilishi haqida xabar bergan edik.
