2026/2027-oʻquv yili uchun davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

2026/2027-oʻquv yili uchun davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida davlat stipendiyalari kvotalari tasdiqlandi. Yangi o‘quv yilida iqtidorli talabalar uchun jami 776 ta Prezident va nomli davlat stipendiyasi ajratiladi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-iyuldagi 02/10-5795-sonli xati bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublikadagi oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimida davlat stipendiyalari kvotalari tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun jami 776 ta davlat stipendiyasi ajratildi.

 

Stipendiyalar quyidagicha taqsimlangan:

 

– Prezident stipendiyasi — 187 ta;

 

– Islom Karimov stipendiyasi — 194 ta;

 

– Navoiy stipendiyasi — 175 ta;

 

– Bobur stipendiyasi — 51 ta;

 

– Imom al-Buxoriy stipendiyasi — 44 ta;

 

– Beruniy stipendiyasi — 38 ta;

 

– Ibn Sino stipendiyasi — 33 ta;

 

– Abdulla Avloniy stipendiyasi — 16 ta;

 

– Ulug‘bek stipendiyasi — 13 ta;

 

– To‘lepbergen Qaipbergenov stipendiyasi — 11 ta;

 

– Ibroyim Yusupov stipendiyasi — 11 ta;

 

– Pahlavon Mahmud stipendiyasi — 3 ta.

 

Ma’lumot uchun, mazkur stipendiyalar respublika bo‘yicha yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 335 ming 471 nafar talaba orasidan o‘qishdagi yuqori natijalari, ilmiy va jamoatchilik faoliyati bilan ajralib turgan eng munosib nomzodlarga beriladi.