Davlat grantini qayta taqsimlash uchun ariza topshirish boshlandi. Murojaatni qanday yuborish mumkin?

Davlat grantini qayta taqsimlash uchun ariza topshirish boshlandi. Murojaatni qanday yuborish mumkin?

Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar uchun arizalar qabuli boshlandi. alabalar arizalarni 15–20-iyul kunlari my.hemis.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin.

 

HEMIS tizimida davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi.

 

Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz platformasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

 

Bunda talabalar my.hemis.uz tizimiga kirib, “Mening grantim” bo‘limidagi “Grant arizalari” menyusini tanlashlari lozim.

 

Bo‘limga o‘tgach, “Ariza yaratish” tugmasini bosish va o‘ziga mos keladigan grant shaklini tanlash talab etiladi.

 

Tanlov amalga oshirilgandan so‘ng, “Saqlash” tugmasini bosish orqali ariza tizimda tasdiqlanadi.

 

Arizalar 15-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan kechikmaslik kerak.

 

Shuningdek, ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, ma’lumotlarni yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirib chiqishingiz so‘raladi.

 

Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovi natijalari amaldagi tartib asosida ko‘rib chiqiladi va belgilangan mezonlarga muvofiq e’lon qilinadi.