Xabaringiz bor, anomal issiq tufayli O‘zbekistonning turli hududlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari vaqtincha faoliyatini to‘xtatmoqda. Bu haqda UzA xabar berdi.
Toshkent viloyati hokimi rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda barcha tuman va shahar hokimliklariga topshiriq berildi. Ya’ni, 2026-yil 16-iyuldan boshlab viloyatdagi barcha davlat, xususiy va idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Qayd etilishicha, bog‘chalar faoliyati ob-havo me’yoriy holatga kelgach, viloyat hokimligining qo‘shimcha qaroriga asosan qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq, viloyat MMTB ma’lumotlariga tayanib 15-iyuldan Buxoro, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlaridagi barcha bogʻchalar faoliyati toʻxtatilgani hamda 20-iyul (dushanba) kunidan boshlab odatiy tartibda oʻz faoliyatini davom ettirishi haqida xabar bergan edik.
