Oʻzbekistonda 17 mingdan ortiq kutubxona faoliyat yuritmoqda

Oʻzbekistonda 17 mingdan ortiq kutubxona faoliyat yuritmoqda

Joriy yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda kutubxonalar soni 17 763 tani tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

 

Statistikaga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda 17 763 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda.

 

Mazkur kutubxonalarda jami 89,2 million nusxa kitob va jurnallar mavjud.

 

Hududlar kesimida eng koʻp kutubxona Samarqand viloyatida qayd etilgan — 2 044 ta. Undan keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo (1 767 ta), Surxondaryo (1 600 ta), Fargʻona (1 575 ta), Namangan (1 477 ta), Toshkent viloyati (1 446 ta) va Toshkent shahri (1 217 ta) joy olgan.

 

Hudud Kutubxonalar soni
Samarqand viloyati 2 044 ta
Qashqadaryo viloyati 1 767 ta
Surxondaryo viloyati 1 600 ta
Fargʻona viloyati 1 575 ta
Namangan viloyati 1 477 ta
Toshkent viloyati 1 446 ta
Toshkent shahri 1 217 ta
Xorazm viloyati 1 100 ta
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 058 ta
Andijon viloyati 1 058 ta
Buxoro viloyati 1 049 ta
Sirdaryo viloyati 887 ta
Jizzax viloyati 810 ta
Navoiy viloyati 675 ta

 

Maʼlumot uchun, ushbu koʻrsatkichga respublika hududidagi barcha kutubxonalar, taʼlim muassasalari, tashkilotlarga qarashli axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona markazlari kiritilgan.

 

Avvalroq, 2 asrlik dunyodagi eng katta kutubxona Kongress kutubxonasi haqida qiziqarli faktlar haqida ma’lumot berilgandi.