SAT 2026 statistikasi e’lon qilindi: 3 mingdan ortiq abituriyent sertifikat topshirdi

SAT 2026 statistikasi e’lon qilindi: 3 mingdan ortiq abituriyent sertifikat topshirdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan SAT 2026 natijalari bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlar hamda abituriyentlar statistikasi e’lon qilindi. Shu bilan birga, SAT sertifikatini taqdim etgan abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini kuzatishlari mumkin.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, SAT sertifikatini taqdim etgan jami abituriyentlar soni 3 023 nafarni tashkil etdi. Ularning o‘rtacha umumiy bali 1 332,7 ballni qayd etgan.

 

Ballar taqsimoti

  • 1200–1299 ball — 1 248 nafar (41,3 foiz);
  • 1300–1399 ball — 967 nafar (32 foiz);
  • 1400–1499 ball — 625 nafar (20,7 foiz);
  • 1500–1600 ball — 183 nafar (6,1 foiz).

 

Qayd etilishicha, SAT sertifikati olgan abituriyentlarning asosiy qismi 1200–1399 ballga ega.

 

SAT sertifikati bo‘yicha yangi qulaylik

 

Endilikda SAT sertifikatini taqdim etgan abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini mandat.uzbmb.uz platformasi orqali qulay tarzda kuzatishlari mumkin.

 

Platformada:

 

  • SAT sertifikati asosida tanlovda ishtirok etayotgan abituriyentlar uchun alohida sahifa yaratildi;
  • ma’lumotlarni tez va oson tekshirish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi;
  • barcha jarayonlar shaffof va foydalanuvchilar uchun qulay ko‘rinishda taqdim etilgan.

 

SAT ma’lumotlarini tekshirish:

https://mandat.uzbmb.uz/SAT2026

 

Avvalroq, magistratura qabulida SAT sertifikati beradigan imtiyozdan qanday foydalanish mumkinligi haqida ma’lumot berilgandi.