Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?

Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasini tanlash yoshlar hayotidagi eng muhim qarorlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy bilim berish, amaliy koʻnikmalarni shakllantirish, ilm-fan bilan shugʻullanish imkoniyati va kelajakda munosib mutaxassis boʻlib yetishish uchun yaratilgan shart-sharoitlar abituriyentlar tanlovida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

Aynan shu jihatlari bilan Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti mamlakatimizda farmatsevtika va tibbiyot sohalari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy taʼlim muassasalaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.

Nazariya va amaliyot uygʻunligi

Institutda har bir kafedra zamonaviy oʻquv laboratoriyalari bilan jihozlangan. Bu esa talabalarga maʼruza jarayonida olgan nazariy bilimlarini shu zahotiyoq laboratoriya mashgʻulotlari orqali mustahkamlash imkonini beradi.

Taʼlim jarayonida talabalar faqat kitob bilan cheklanib qolmay, zamonaviy uskunalarda mustaqil tajriba oʻtkazish, tahlil qilish va kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish imkoniga ega.

Zamonaviy simulyatsiya texnologiyalari asosida taʼlim

Tibbiy va biologik fanlar kafedrasida tashkil etilgan simulyatsiya xonasi institutning oʻziga xos ustunliklaridan biri hisoblanadi.

Bu yerda talabalar tibbiyot mulyajlari hamda zamonaviy “Pirogov stoli” yordamida inson anatomiyasi, fiziologiyasi va tibbiyotga oid boshqa fanlarni chuqur oʻrganadilar. Interaktiv texnologiyalar taʼlim sifatini oshirish bilan birga talabalarning fanga boʻlgan qiziqishini ham kuchaytiradi.

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?
«Pirogov stoli»

Talaba qoʻli bilan tayyorlangan dori vositasi

Farmatsevtik texnologiya kafedrasi qoshida tashkil etilgan oʻquv va ilmiy-ishlab chiqarish Farmapark institutning eng muhim yutuqlaridan biri sanaladi.

Bu yerda talabalar amaliy mashgʻulotlar davomida dori vositalarini tayyorlash jarayonlarida bevosita ishtirok etadilar. Dori shakllarini yaratish, ishlab chiqarish va sifatini baholash uchun zarur boʻlgan zamonaviy uskunalar talabalar xizmatida.

Natijada bitiruvchilar nafaqat nazariy bilimga, balki real ishlab chiqarish muhitida shakllangan amaliy tajribaga ham ega boʻlib mehnat bozoriga kirib keladilar.

Ilmli ustozlar — muvaffaqiyat garovi

Institutning ilmiy salohiyati — 75 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda talabalarga 16 nafar fan doktori, professorlar hamda 44 nafar fan nomzodi va falsafa doktorlari (PhD) saboq bermoqda.

Bu esa yoshlarning zamonaviy bilim olishi, ilmiy tadqiqotlarga jalb qilinishi va oʻz sohasining yetuk mutaxassislari sifatida shakllanishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?

Birinchi kursdan boshlanadigan amaliyot

Institut mamlakatimizdagi yetakchi farmatsevtika kompaniyalari, dori ishlab chiqarish korxonalari, klinikalar va boshqa tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan.

Shu bois talabalar birinchi bosqichdanoq ishlab chiqarish korxonalari, dorixonalar va dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarida tanishuv hamda oʻquv amaliyotlarini oʻtash imkoniga ega.

Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratadi.

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?
Laboratoriya

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?
«Farmapark»

Ilmiy ixtirolar sari qadam

Institut huzurida 4000 kvadrat metr maydonda joylashgan zamonaviy ilmiy-amaliy laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda.

Farmakotoksikologik tahlil, mikrobiologik tahlil, fizik-kimyoviy tahlil hamda dori shakllarini tahlil qilish laboratoriyalarida talabalar ilmiy rahbarlari bilan birgalikda oʻz loyihalari va ixtirolari ustida ish olib boradilar.

Aynan shu imkoniyatlar tufayli talabalarimiz xalqaro olimpiadalarda, respublika tanlovlarida va “Mirzo Ulugʻbek vorislari” kabi nufuzli koʻrik-tanlovlarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritmoqda.

Xalqaro tajriba — global imkoniyatlar

Institut iqtidorli talabalar uchun xalqaro akademik almashinuv va amaliyot dasturlarini ham taklif etadi.

Soʻnggi yillarda talabalarimiz Janubiy Qozogʻiston tibbiyot akademiyasi, Qozogʻiston Milliy tibbiyot universiteti, Xitoyning Kunmin tibbiyot universiteti, Qirgʻiziston Respublikasidagi Oʻsh davlat universiteti hamda Turkiyaning Balıkesir universitetida malaka va amaliyot oʻtab qaytishdi.

Bu tajriba ularning xalqaro standartlar asosida bilim va koʻnikmalarini boyitishga xizmat qilmoqda.

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?
Janubiy Qozog‘istonda amaliyot

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?
Institut talabalarining Qirg‘izistondagi amaliyot jarayonidan lavha

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?
Xitoydagi amaliyot

Davlat granti asosida taʼlim olish imkoniyati

Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot institutiga har yili davlat grantlari ajratiladi.

Bugungi kunda 70 nafardan ortiq talaba davlat granti asosida tahsil olmoqda. Bu esa iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?
FTTI talabasi davlat granti sohibi

Zamonaviy ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va mustahkam kelajak: nega yoshlar Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutini tanlamoqda?
Davlat grantini qo‘lga kiritgan institut talabalari

Kelajakni bugundan quring

Farmatsevtika sohasi bugun Oʻzbekiston iqtisodiyoti va sogʻliqni saqlash tizimining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Yangi farmatsevtika korxonalari, ilmiy markazlar va innovatsion loyihalar malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni yil sayin oshirmoqda.

Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti esa ana shunday ehtiyojni qondirishga qodir boʻlgan, bilimli, tashabbuskor va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Bu yerda talabalar nafaqat kasb egallaydilar, balki ilm-fan, innovatsiya va katta imkoniyatlar eshigiga qadam qoʻyadilar.

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti rasmiy sayti: https://ftti.uz

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 46,48-uy.

Mo‘ljal: “UzMaxOil” yoqilg‘i quyish shaxobchasi.

Telegram: t.me/fttiuz
Instagram: instagram.com/ftti.uz/?hl=ru
Facebook: facebook.com/FTTI.UZ
YouTube: www.youtube.com/@farmatsevtikatalimvatadqiqoti

Qabul platformasi: https://admission.ftti.uz/

Aloqa markazi:

+998 71 202-05-50

+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50

+998 71 203-05-50