Poytaxtda o‘quvchi sig‘imini ikki baravar oshiradigan yangi tipdagi maktablar quriladi — Prezident

Poytaxtda o‘quvchi sig‘imini ikki baravar oshiradigan yangi tipdagi maktablar quriladi — Prezident

Toshkent shahrida o‘quvchi sig‘imini ikki baravar oshirish imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident ushbu loyihani joriy yilda poytaxtning har bir tumanida bittadan maktab va bog‘chada sinov tariqasida amalga oshirishni topshirdi.

 

Bugun, 4-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri, xususan, Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Prezident so‘nggi yillarda Sergeli tumanida katta o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidladi. Xususan, maktab o‘rinlari 25 mingdan 38,5 mingga, bog‘cha o‘rinlari 7,5 mingdan 15,5 mingga ko‘paygan.

 

Shuningdek, Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5-2 karra yuqori yuklamada ishlayotgani ta’kidlandi.

 

Maktablarda o‘quvchi o‘rnini 2 karra ko‘paytirish imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar qurish loyihasi taklif qilindi.

 

Yangi loyihaga ko‘ra, sport zali, oshxona va ustaxona yerto‘lada joylashadi, yuqori qavatlardan esa sinf xonalari sifatida foydalaniladi. Bu yil Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktab va bog‘chada ushbu yondashuvni joriy etib, “poytaxt tajribasi”ni yaratish topshirildi.