Prezidentning tegishli qarori bilan, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan sentabr-noyabr (3 oy muddatda) oylarida respublikadagi xususiy o‘quv markazlarning reytinggi shakllantiriladi va doimiy yuritib boriladi.
Reyting natijalariga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan olis va chekka hududlardagi xususiy o‘quv markazlarning bina va inshootlar uchun ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi. Reytingni baholash natijalarini Yoshlar ishlari agentligi rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.