Kasbiy sertifikat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar sertifikatlarini yuklab olishi mumkin

Kasbiy sertifikat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar sertifikatlarini yuklab olishi mumkin

2026-yilgi pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan pedagoglar uchun sertifikatlar shakllantirildi. Sertifikatlarni my.gov.uz portali orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

 

Xabaringiz bor, 13-may kuni 2026-yilgi pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari boʻlib oʻtgan edi.

 

Mazkur kasbiy sertifikat sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan pedagoglar uchun sertifikatlar to‘liq shakllantirildi.

 

Talabgorlar o‘z kasbiy sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali shaxsiy kabinetiga kirib, elektron shaklda yuklab olishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun, kasbiy sertifikat nazorat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglarga beriladi hamda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini tasdiqlovchi, QR-kod qo‘yilgan va cheklanmagan muddat amal qiladigan hujjat hisoblanadi.