Bitiruvchilar sifat indeksi joriy etiladi: Eng yuqori natija qayd etgan TOP-20 oliygoh 500 million so‘m beriladi

Bitiruvchilar sifat indeksi joriy etiladi: Eng yuqori natija qayd etgan TOP-20 oliygoh 500 million so‘m beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan ta’lim tizimini rivojlantirishga oid taqdimotda oliygohlar uchun “Bitiruvchilar sifat indeksi”ni joriy etish belgilandi. Mazkur indeks ishga joylashish, daromad va bandlik kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantirilib, eng yuqori natija qayd etgan TOP-20 oliygoh 500 million so‘m bilan rag‘batlantiriladi.

 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan ta’lim tizimini rivojlantirishga oid taqdimotda oliygohlari faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy mexanizmi — Bitiruvchilar sifat indeksini joriy etish bo‘yicha muhim qarorlar belgilab olindi.

 

Endilikda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashning yangi mexanizmi — Bitiruvchilar sifat indeksi joriy etilmoqda.

 

Mazkur indeks nafaqat bitiruvchilarning ishga joylashganligini, balki ularning mehnat bozoridagi muvaffaqiyati va kasbiy faoliyati sifatini ham baholash imkonini beradi.

Indeks quyidagi asosiy mezonlar asosida shakllantiriladi:

 

– ishga joylashish tezligi;

 

– barqaror mehnat faoliyati;

 

– o‘rtacha daromad;

 

– umumiy bandlik darajasi.

Indeks inson omilisiz 10 ta davlat axborot tizimi (HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boshqalar) bilan integratsiyada avtomatik shakllanadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvchilar (yetim, nogironligi bo‘lganlar) natijalari 2 baravar koeffitsiyent bilan hisoblanadi.

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan oliygohlar har yili mazkur ko‘rsatkichlar asosida baholab boriladi. Baholash tegishli toifadagi ta’lim tashkilotlari kesimida har yili 1-iyuldan keyin, o‘tgan yilning 1-iyulidan joriy yilning 30-iyunigacha bo‘lgan davr natijalari asosida amalga oshiriladi.

Indeks natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi eng yaxshi natija qayd etgan TOP-20 oliy ta’lim muassasasi 500 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Dastlabki indeks natijalari joriy yilning avgust oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.