Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilariga o‘z vaqtida ID-karta rasmiylashtirish tavsiya etildi. Chunki qabul jarayonida abituriyentlardan biometrik pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab qilinadi.
Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.
OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.
Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari tugagunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etiladi.
Avvalroq, qabul jarayonlarida sertifikatlarning amal qilish muddati va ularni tekshirish tartibi haqida xabar bergan edik.
