O‘qituvchilarning metodik ishlarini ommalashtirish jarayonlari bo‘yicha apellyatsiya natijalari e’lon qilindi. Respublika bo‘yicha yakunlangan apellyatsiya ko‘rib chiqishlari natijalari talabgorlarning ommalashtirish.avloniy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborildi.
Ommalashtirish jarayonlari bo‘yicha apellyatsiya natijalari e’lon qilindi. Bu haqda A.Avloniy momidagi pedagogik mahorat milliy instituti xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 84-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi hamda zamonaviy metodikalarini ommalashtirish jarayonlari ommalashtirish.avloniy.uz platformasi orqali tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida talabgorlar tomonidan taqdim etilgan metodik ishlar belgilangan tartibda texnik hamda mazmuniy ekspertiza bosqichlaridan o‘tkazildi.
Baholash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellyatsiya shikoyatlari platforma orqali qabul qilinib, har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan apellyatsiya komissiyalari tomonidan qayta ko‘rib chiqildi.
Apellyatsiya komissiyalari tomonidan har bir murojaat metodik ish materiallari va belgilangan baholash mezonlari asosida xolis ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar berilgan.
Apellyatsiya jarayonlari respublika bo‘yicha to‘liq yakunlandi hamda natijalar ommalashtirish.avloniy.uz platformasidagi talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga yuborildi.
Ishtirokchilar apellyatsiya natijalari bilan platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.
Shuningdek, apellyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmagan ishtirokchilarga metodik ishlarini yanada takomillashtirib, kelgusida ommalashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishlarini tavsiya etilgan.
Avvalroq, o‘qituvchilarning metodik ishlarini ommalashtirish natijalari e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
