2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.
Shundan:
– respublikadagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan – 33 255 nafar;
– xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan — 657 nafar;
– xorijiy davlatlarning OTMlaridan – 9 970 nafar.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.