Ta’lim tashkilotlaridagi barcha psixologlarning yagona yondashuv asosida malakasi oshiriladi

Ta’lim tashkilotlaridagi barcha psixologlarning yagona yondashuv asosida malakasi oshiriladi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan ta’lim tizimidagi psixologlarni kasbiy rivojlantirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi. Unda psixologik xizmat samaradorligini oshirish va hududlarda yagona yondashuvni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

 

Bugun, 30-aprel kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Kasbiy ta’lim agentligi hamkorligida “Maktabgacha, maktab va kasbiy ta’lim psixologlarini kasbiy rivojlantirish hamda metodik qo‘llab-quvvatlash” mavzusida seminar tashkil etildi.

 

Tadbir Oʻzbekiston — 2030 strategiyasi doirasida o‘tkazilib, ta’lim muassasalarida psixologik xizmat sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda so‘zga chiqqanlar psixologlarning ta’lim tizimidagi o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

 

Ta’lim tashkilotlaridagi barcha psixologlarning yagona yondashuv asosida malakasi oshiriladi

 

Xususan, Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova psixologik xizmat bugungi kunda ta’lim sifati va samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biriga aylanayotganini qayd etdi.

 

Ta’lim tashkilotlaridagi barcha psixologlarning yagona yondashuv asosida malakasi oshiriladi

 

“Hozirgi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson omiliga, xususan, bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan. Bu jarayonda psixologik xizmat nafaqat yordamchi tizim, balki ta’lim sifati va samaradorligini belgilaydigan asosiy ustunlardan biriga aylanmoqda.

Bugun psixolog — faqat maslahat beruvchi mutaxassis emas. U o‘quvchining ichki dunyosi va ehtiyojlarini chuqur tushunadigan tahlilchi, ta’lim jarayonida psixologik barqarorlikni ta’minlovchi mutaxassis, kasbga yo‘naltirishda yo‘l ko‘rsatuvchi maslahatchi hamda sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ishtirokchidir.

Shu nuqtayi nazardan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Kasbiy ta’lim agentligi hamkorligida psixologlarni kasbiy rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, ularni ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida so‘nggi yarim yil davomida tizimli seminarlar tashkil etildi.

Endilikda navbatdagi bosqich — tuman va shaharlar miqyosida o‘quv-seminarlarni yuqori saviyada tashkil etish, tayyorlangan tajribani joylarda samarali tatbiq etish hamda psixologik xizmatning amaliy ta’sirini yanada kuchaytirishdan iborat’’ — deya ta’kidladi Yuliya Risyukova.

 

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev ta’lim tashkilotlarida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, psixologlarni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda kaskad usulidagi o‘quv-seminarlarni tizimli davom ettirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 

Ta’lim tashkilotlaridagi barcha psixologlarning yagona yondashuv asosida malakasi oshiriladi

 

‘‘Bugungi kabi seminarlar psixologlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda taʼlim tashkilotlarida sogʻlom, xavfsiz va ishonchli muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yoʻnalishda vazirlik, masʼul tashkilotlar, hududiy mutaxassislar va amaliyotchi psixologlar birgalikda harakat qilsa, albatta, kutilgan natijalarga erishamiz”, — dedi Farhod Boqiyev.

 

Shuningdek, o‘tkazilgan seminarlar davomida psixologlarning profilaktik, diagnostik va korreksion ishlarni tashkil etish, muammoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash hamda ota-onalar va pedagoglar bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari rivojlantirilgan.

 

Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Shaxzodbek Kurbaniyazovning ma’lum qilishicha, 2026-yil yanvar–aprel oylarida hududlarda o‘tkazilgan seminarlar natijasida jami 848 nafar trener-psixolog tayyorlangan.

 

Ta’lim tashkilotlaridagi barcha psixologlarning yagona yondashuv asosida malakasi oshiriladi

 

“Bu jarayon bir martalik tadbir sifatida yakunlanmaydi. Tayyorlangan trenerlar o‘z hududlarida bilim va tajribani keng tarqatib, maktabgacha ta’lim tizimidagi 3 000 dan ortiq, umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi 11 000 dan ortiq hamda kasbiy ta’lim tizimidagi 800 dan ortiq psixologni kaskad usulidagi o‘quv-seminarlarga jalb etishda muhim drayver bo‘lib xizmat qiladi.

Asosiy maqsadimiz psixologlarni metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va har bir ta’lim muassasasida sog‘lom, xavfsiz hamda qulay psixologik muhitni shakllantirishga hissa qo‘shishdir. Mazkur seminar aynan shu yo‘ldagi navbatdagi muhim amaliy bosqichdir”, — dedi Shaxzodbek Kurbaniyazov.

 

Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari Shixnazar Sharofaddinov kasbiy ta’lim tizimida psixologik xizmat sifatini oshirish, o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda yagona metodik yondashuv asosida ishlarni davom ettirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

 

Ta’lim tashkilotlaridagi barcha psixologlarning yagona yondashuv asosida malakasi oshiriladi

 

‘‘Yaqin kunlarda mazkur ishlarning amaliy davomi sifatida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar trener-psixolog tayyorlandi. Endilikda ushbu jarayonlar kaskad usulida davom ettirilib, hududlardagi psixologlarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi’’, — dedi Shixnazar Sharofaddinov.

 

Ta’lim tashkilotlaridagi barcha psixologlarning yagona yondashuv asosida malakasi oshiriladi

 

Seminar yakunida hududiy mas’ullar hamda trener-psixologlarga joylarda treninglarni samarali o‘tkazish uchun zarur metodik materiallar, taqdimotlar va hisobot shakllaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.