Buxoro davlat tibbiyot institutida 58 yoshli talaba tahsil olmoqda

Buxoro davlat tibbiyot institutida 58 yoshli talaba tahsil olmoqda

Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshi 60 ga yaqinlashgan talaba tahsil olmoqda. Xorazmlik Erkin Madrahimov 58 yoshda boʻlib, bugun u nevarasi tengi yoshlar bilan birga xalq tabobati yoʻnalishida o’qimoqda.  Toʻrt nafar nevarasi bor boʻlishiga qaramasdan, ilmga boʻlgan qiziqishi uni yana talabalik sari yetaklagan.

 

Qizigʻi shundaki, uning kursdoshlari hatto eng kichik farzandidan ham yosh. Shunga qaramay, Erkin Madrahimov talabalar turar joyida yashab, barcha bilan yelkadosh boʻlib oʻqimoqda.

Erkin Madrahimov tijorat sohasida taʼlim olib, bir necha yil faoliyat koʻrsatgan. Ularning so’zlariga ko’ra, tibbiyot sohasiga kirishiga otasining insult bo’lishi va bunga sabab nima degan savollar turtki bo’lgan. Shuningdek, Erkin Madrahimov farzandlariga tibbiyot sohasiga qiziqishi haqida aytib berganlarida, ular «dada, albatta o’qishga topshiring» deb, qo’llab-quvvatlashganini ta’kidlab o’tdi.

 

«Kursdoshlarim eng kichik farzandimdan ham kichik. Oʻtiladigan darslar yuzasidan munozaramiz juda ham katta boʻladi. Men juda ham xursandman. Ularda qiziqish juda ham katta. Ustozlar, ayniqsa, ilm berish metodikalari oʻta kuchli. Bu yoshlar bilan oʻqishda masʼuliyat shundaki, ulardan ortda qolishga tortinasan baribir. Harakat qilasan», – deydi Madrahimov.