“Green University” universitetining ayrim o‘qituvchilariga 200 foiz miqdorida ustama beriladi

“Green University” universitetining ayrim o‘qituvchilariga 200 foiz miqdorida ustama beriladi

Prezidentning 2026-yil 25-mart kunidagi “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-110-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, TOP-300 talikka kirgan xorijiy OTM diplomiga ega Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida to‘liq stavkada ishlaydigan o‘qituvchilarga 200 foiz ustama to‘lanadi.

 

Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga uning tarkibidagi ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

 

Bunda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan dunyoning nufuzli “Quacquarelli Symonds” (QS), “Times Higher Education” (THE) va “Shanxay reyting” (ARWU) reytinglarida TOP-300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari diplomiga ega bo‘lgan va “Green University” o‘quv jarayoniga to‘liq stavkada jalb qilingan o‘qituvchilarga 200 foiz miqdorida ustama to‘lanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida “Green University” uchun davlat granti bo‘yicha 100 ta, lekin umumiy qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan miqdorda qabul kvotalarini ajratib boradi.

 

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) joriy etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati quyidagicha:

 

“Green University” universitetining ayrim o‘qituvchilariga 200 foiz miqdorida ustama beriladi

“Green University” universitetining ayrim o‘qituvchilariga 200 foiz miqdorida ustama beriladi