Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, bugun Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi — Respublika bosqichi doirasida qoraqalpoq (qozoq) tili va adabiyoti hamda matematika va informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga diplomlar hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirilgan.
Xabaringiz bor, aniq fanlar hamda qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi — Respublika bosqichi reja-grafik asosida Buxoro shahrida o‘tkazilmoqda.
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar:
1-o‘rin — Jansaya Oljabayeva
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumani 14-maktab
2-o‘rin — Jasmina Allabayeva
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar DPI AL
3-o‘rin — Nilufar Urakbayeva
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani ITMA IM
Qozoq tili va adabiyoti fanidan g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar:
1-o‘rin — Moldir Jalgashbayeva
Navoiy viloyati, Tomdi tumani, 13-sonli maktab
2-o‘rin — Diyana Tursimuratova
Navoiy viloyati, Tomdi tumani, 13-sonli maktab
3-o‘rin — Asiya Jarılkasinova
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxtako‘pir tumani, 5-sonli maktab
Matematika fanidan g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar:
1-o‘rin — Rasulbek Gʻafforov
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, ITMA Al-Xorazmiy maktabi
2-o‘rin — Elbek Zohidjonov
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, ITMA Al-Xorazmiy maktabi
3-o‘rin — Sardor O‘rozaliyev
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, ITMA Al-Xorazmiy maktabi
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar:
1-o‘rin — Timur Kadirbergenov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, ITMA PM
2-o‘rin — Ulug‘bek Raxmatullayev
Namangan viloyati, Davlatobod tumani, ITMA PM
3-o‘rin — Otabek Kamalov
Toshkent shahri, Mirobod tumani, WUIT AL
Gʻoliblar munosib ravishda diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlangan.


