2025-yil 25-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 308-son ‘‘Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida’’gi buyrug‘i qabul qilingan edi.
Unga ko’ra, barcha ta’lim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilib, zarur qo‘llanmalar milliytarbiya.uz platformasi orqali yetkaziladi.
Mazkur loyiha tomonidan barcha ta’lim tashkilotlari uchun Navro‘z mavzusi bo‘yicha mashg‘ulot ssenariylari e’lon qilindi.
Quyidagi havolalar orqali ushbu ssenariylarni yuklab olishingiz mumkin:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun;
Oliy ta’lim tashkilotlari uchun.
Pedagoglar uchun qo‘shimcha ma’lumot: Metodik ishlarni ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi.
MMTV ning 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug’i bilan o‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi. Tartibga ko‘ra, amaldagi platforma faoliyati tugatilib, o‘rniga yangisi ishga tushiriladi. Shuningdek, endi barcha metodik ishlar plagiat xulosasi bilan birga platformaga yuklanishi majburiy etib belgilanmoqda.
