2024-yil 7-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini
bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida”gi 246-sonli buyrugʻi qabul qilindi. (https://t.me/uztdi/8801)
Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichini aniq (matematika, informatika) va tabiiy (fizika, biologiya, kimyo) fanlar yo‘nalishida boshlanadi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarida mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.