Joriy yil 30-yanvar kuni Fan olimpiadalari markazi tomonidan o‘tkazilgan 7-sinflar kesimidagi tabiiy fanlar bo‘yicha Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Fan olimpiadalari markazi ma’lum qildi.
Statistikaga koʻra, mazkur bosqichda hududlar kesimida jami 15 307 nafar oʻquvchi ishtirok etgan.
Olimpiada natijalarini hududlar kesimida tanishing:
Natijalar bo‘yicha apellyatsiya arizalarni ushbu havolaga yozib qoldirish mumkin. Apellyatsiya arizalari 18-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Avvalroq, 7-sinflar hamda 8-sinflar oʻrtasida informatika fanidan oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari ham eʼlon qilingan edi.
Shuningdek, 16-fevral kuni matematika fanidan 7-sinflar va 8-sinflar oʻrtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari ham maʼlum qilingan.
