17-18-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi

17-18-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihoni natijalari eʼlon qilindi

2026-yil 17-18-yanvar kunlari Biologiya, Fizika va Tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda.

 

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

 

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

 

— 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

— 65 – 69,9 ball — A daraja;

— 60 – 64,9 ball — B+ daraja;

— 55 – 59,9 ball — B daraja;

— 50 – 54,9 ball — C+ daraja;

— 46 – 49,9 ball — C daraja.

 

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

 

— A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;

— B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;

— A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

 

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

 

Muhim: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish kiritilgan.