Umumta’lim fanlarini, shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun imtihonlarga ro’yxatdan o’tish my.gov.uz sayti orqali elektron ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun talabgorlar my.gov.uz saytida o’zlarining shaxsiy kabinetlari orqali, kichik yoshdagilar esa ota-onasining profili bilan ariza topshirishi mumkin.
Ariza berish jarayonida quyidagi rasmda ko’rsatilgandek ikki kategoriyadan birini tanlash talab etildi. Agar siz voyaga yetmagan farzandingiz uchun ariza topshirayotgan bo’lsangiz, «Arizachining voyaga yetmagan farzandi» bandini tanlashingiz talab etiladi.
Keyingi bosqichda esa, aynan imtihon topshirmoqchi bo’lgan farzandingizning ism-familiyasini tanlaysiz va uning rasmini yuklashingiz kerak bo’ladi.
Shuningdek, ICAO standartiga muvofiq fotosuratlarga qo‘yiladigan talablar mavjud. Jumladan:
Surat sifati:
– fotosurat hujjatlarni topshirishdan kamida 6 oy oldin olinishi kerak
– fotosurat o‘lchami 35×45 mm, fotosurat rangli bo‘lishi kerak, yuz va yelkaning yuqori qismi fotosuratga to‘liq mos kelishi kerak, yuzning o‘lchami fotosuratning 70-80% ni tashkil qiladi.
– tasvir aniq va kontrastli bo‘lishi kerak
– fotosurat yuqori sifatli, siyoh dog‘larisiz bo‘lishi kerak
– suratga tushayotgan shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri kameraga qarashi kerak
– teri rangi tabiiy bo‘lishi kerak
– yorqinlik/kontrast o‘rtacha bo‘lishi kerak
– Raqamli kamera bilan suratga olishda rangli gamut yuqori bo‘lishi kerak.
Uslub va yorug‘lik:
– fotosuratdagi rang – neytral
– ko‘zlar ochiq va ko‘rinadigan bo‘lishi kerak, ular sochlar bilan qoplanmagan bo‘lishi kerak
– yuz – qat’iy to‘liq yuz, yelkaga qarab (“portret uslubi”) yoki boshni egib rasmga tushish man etiladi, yuzning konturlari aniq ko‘rinishi kerak
– fon bir xil, yorug‘
– tasvir paytida yorug‘lik bir xil, yuzida soyalarsiz, “qizil ko‘z” ta’siriga yo‘l qo‘yilmaydi
Ko‘zoynak va bosh kiyimlar:
– ko‘zoynak bilan suratga olishda ko‘zlar aniq ko‘rinadigan bo‘lishi kerak, ko‘zoynakda surat chirog‘i porlamasligi lozim. Qoraytirilgan ko‘zoynak bilan suratga olish taqiqlanadi. Bundan tashqari, iloji boricha, og‘ir massiv ramkalarni yengilroqlari bilan almashtirish lozim.
– Ko‘zoynaklar ko‘zingizni qoplamasligi kerak
– Suratga olishda bosh kiyim kiyishga ruxsat berilmaydi, diniy sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno, lekin bu holatda ham yuz peshonadan jag‘gacha ochiq bo‘lishi kerak, yuzning konturlari aniq ko‘rinishi kerak
– Suratga olinadigan odam rasmda yolg‘iz bo‘lishi kerak (stulning suyanchig‘i, o‘yinchoqlar va boshqa fondagi odamlarsiz). Yuz ifodasi neytral, og‘iz yopiq.
Rasm va talab etilgan boshqa ma’lumotlar to’liq yuklangandan so’ng, keyingi bosqichga o’tib o’quvchining qaysi fandan va qaysi hududda imtihon topshirishi haqidagi ma’lumotlar to’ldiriladi. Ariza berish yakuniga yetkach, to’lov qilinadi.
Kichik yoshdagi bolalar ota-onaning pasporti yoki ID kartasi orqali ariza topshirgani uchun imtihonga ham ular bilan birga borishi kerakmi?
Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislarining ma’lumot berishicha, imtihonga voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi birga borishi shart emas. O’quvchi «Tug’ilganlik haqida guvohnoma» va agentlik tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma bilan borishi kerak.



