2025-yilda O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 4 mln 372 ming so‘mni tashkil etgan. Bu respublika bo‘yicha o‘rtacha maoshdan ancha kam hisoblanadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi yillik hisobotida ma’lum qilingan.
Hisobotga ko‘ra, ta’lim tizimi tarmoqlari kesimida ish haqlari sezilarli darajada farqlanadi. Xususan, oliy ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 10 mln 159 ming so‘mni tashkil etib, ta’lim tizimidagi eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.
Texnik va professional ta’lim muassasalarida bu ko‘rsatkich 4 mln 422 ming so‘mni, umumiy o‘rta ta’limda 4 mln 278 ming so‘mni tashkil etgan. Eng past o‘rtacha ish haqi esa maktabgacha ta’lim sohasida qayd etilib, u 2 mln 868 ming so‘mni tashkil etgan.
Ta’kidlash lozim, 2025-yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi 6 mln 376 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 18,9 foizga oshgan.
Yillar kesimida o‘rtacha oylik ish haqi quyidagicha:

