TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlariga oʻzgartirish kiritildi

TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlariga oʻzgartirish kiritildi

TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlari oʻzgarmoqda.

 

TOEFL iBT sertifikati baholash mezonlari 4 ta koʻnikmaga asoslangan hamda maksimum ball 120ga teng edi.

 

Yangi baholash boʻyicha 1-6 ballgacha baholanadi.

 

Yaʼni talabgorlarga umumiy yigʻindi ballning oʻzi emas, IELTS kabi 1-6 gacha boʻlgan maxsus koʻrsatkich balli beriladigan boʻldi.

 

Endi TOEFL har bir bo‘lim uchun 1.0 dan 6.0 gacha ball tizimini qo‘llaydi, bu ballar 0.5 band oralig‘ida olinadi (masalan, 1.0, 1.5, 2.0 … 6.0). Har bir  bo‘lim — Reading, Listening, Speaking va Writing — o‘z alohida ballini oladi. Imtihonning umumiy balli esa to‘rt bo‘lim ballarining o‘rtacha qiymati bo‘yicha, eng yaqin 0.5gacha (half-band) yaxlitlanadi.

 

Masalan: Reading — 5.0, Listening — 4.5, Speaking — 5.0, Writing — 4.5 bo‘lsa, o‘rtacha 4.75 bo‘lib, yakuniy ball 4.5 deb beriladi.

 

Total (1–6) Reading Listening Writing Speaking Est. Total (0–120)
6 29–30 28–30 29–30 28–30 114+
5.5 27–28 26–27 27–28 27 107+
5 24–26 22–25 24–26 25–26 95+
4.5 22–23 20–21 21–23 23–24 86+
4 18–21 17–19 17–20 20–22 72+
3.5 12–17 13–16 15–16 18–19 58+
3 6–11 9–12 13–14 16–17 44+
2.5 4–5 6–8 11–12 13–15 34+
2 3 4–5 7–10 10–12 24+
1.5 2 2–3 3–6 5–9 12+
1 0–1 0–1 0–2 0–4 0+

 

Bu yangilanish til o‘rganish darajasini baholaydigan xalqaro standart — CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish maqsadida amalga oshirildi.

 

2026-yil 21-yanvardan 2028-yilgacha bo‘lgan muayyan o‘tish davrida, imtihon natijalarida yangi 1–6 shkala bilan birga eski 0–120 tizimi bo‘yicha ham ball ko‘rsatiladi.

 

Old Total (0-120) New Scale (1-6) CEFR Level Description
114-120 6.0 C2 Mastery
107-113 5.5 C1-C2 Advanced-Mastery
95-106 5.0 C1 Advanced
86-94 4.5 B2-C1 Upper Intermediate-Advanced
72-85 4.0 B2 Upper Intermediate
58-71 3.5 B1 Intermediate
Below 58 Below 3.5 A2-B1 Basic

 

Maʼlumot uchun, TOEFL iBT jami uch soat davom etadi. Bu vaqt ichida test topshiruvchi 4 ta koʻnikma: reading, writing, speaking va listening boʻyicha imtihon topshiradi.

 

Har bir boʻlim boʻyicha vaqt chegarasi:

 

– Speaking uchun 17 daqiqa;

 

– Writing uchun 50 daqiqa;

 

– Reading uchun 54-72 daqiqa;

 

– Listening uchun 41-57 daqiqa.

 

Eslatib oʻtamiz, TOEFL iBT akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimiga xorijiy til bo‘yicha ishga qabul qilishda hamda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda inobatga olinadi.