Namanganlik 1-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

Namanganlik 1-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda 2007-yil tug‘ilgan talaba yigit temir sim yog‘ochga o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Unga ko‘ra, holat yuzasidan joriy yil 17-yanvar kuni Namangan viloyati Chust tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

 

Ma’lum qilinishicha, marhum yigit poytaxtdagi nufuzli oliygohlardan birida tahsil olayotgan 1-bosqich talabasi bo‘lgan.

 

Ayni paytda marhumning tanasida jarohatlar bor yoki yo‘qligi hamda o‘limning kelib chiqish sabablari noma’lum. Bu bo‘yicha sudga oid ekspertiza tayinlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.