Prezidentning sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanloviga start berildi.
Tanlovda ishtirok etish uchun vazirlik tizimidagi umumtaʼlim maktablari 2026-yil 12-fevralga qadar ooo.uzedu.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari va asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni toʻldirishlari talab etiladi.
Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab va sinf oʻquvchilari tanlovda ishtirok etmaydi.
Tanlov gʻoliblari birinchi (tuman/shahar) bosqichda:
Ushbu mablagʻ 2-bosqichda 250 mln, 3-bosqichda 500 mln soʻmgacha koʻtariladi. (Respublika bosqichi gʻolibi uchun umumiy — 850 mln soʻm )
Oʻtgan oʻquv yillarida tanlovda eng yaxshi natija qayd etgan 280 nafar oʻquvchi va ularning 56 nafar ustozlari Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya davlatlariga taʼlim sayohatiga yuborilgan.
