Bir oy ichida chet tillari kurslari narxi 0,3 foizga qimmatlashdi

Bir oy ichida chet tillari kurslari narxi 0,3 foizga qimmatlashdi

Repetitorlik xizmatlari narxlari 2025-yil dekabr oyi davomida oʻrtacha 0,8 foizga, yil davomida esa 6,6 foizga oshdi. Bu haqda milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

 

Chet tillari kurslarida oʻqish esa 0,3 foizga, yil davomida 6,6 % qimmatlashdi.

 

Shuningdek, maktabgacha taʼlim xizmati narxlari noyabr oyiga nisbatan oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa-da, yil davomida 17 foiz oʻsishi qayd etildi.

 

Avvalroq, 1 oy ichida ta’lim sohasidagida bozor xizmatlari hajmi qariyb 4 trlnga oshgani haqida xabar bergan edik.