1 oy ichida ta’lim sohasidagida bozor xizmatlari hajmi qariyb 4 trlnga oshgan

1 oy ichida ta’lim sohasidagida bozor xizmatlari hajmi qariyb 4 trlnga oshgan

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar- noyabr oylarida taʼlim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 34,2 trln soʻmni tashkil etgan.

 

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 8,8 % ga oshgan.

 

Bu jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 foizini tashkil etadi.

 

Mazkur davrda taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, ulushi 46,8 % ni tashkil etgan.

 

 

Avval xabar qilganimizdek, 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 30,4 trln so‘mni tashkil etgan edi. 1 oy ichida qariyb  taʼlimda bozor xizmatlari hajmi 4 trlnga oshgan.

 

Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida esa ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 26,3 trln so‘mni tashkil etgan.