Bugundan talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish boshlanadi. Jarayon haqida to‘liq ma’lumot - Ta’lim xabarlari
Bugundan talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish boshlanadi. Jarayon haqida to‘liq ma’lumot

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (14.08.2023-yildagi 376-son) qaroriga muvofiq, 2024-2025-oʻquv yilidan talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

 

Jarayonlar davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

Bunda talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qoʻyiladi.

 

Arizalarni ko‘rib chiqishda quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

 

– “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

 

– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

 

– I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

 

– bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;

 

– xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

 

– “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;

 

– oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

 

– talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar;

 

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;

2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;

3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

 

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirishda davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

 

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры