Yozgi taʼtilda taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan maydonchalarga 175 minga yaqin bolalar bepul qamrab olinadi - Ta’lim xabarlari
Yozgi taʼtilda taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan maydonchalarga 175 minga yaqin bolalar bepul qamrab olinadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Joriy yilgi yoz mavsumi davomida vazirlik tizimidagi 32 ta, jumladan:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi — 3 ta;

Jizzax viloyatidagi — 1 ta;

Samarqand viloyatidagi — 2 ta;

Fargʻona viloyatidagi — 2 ta;

Toshkent viloyatidagi — 5 ta;

Xorazm viloyatidagi — 19 ta oromgohga umumiy hisobda 9 ming nafar bolaning qamrab olinishi rejalashtirilgan.

 

Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda respublika miqyosida 192 ta statsionar oromgoh faoliyat ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, oromgohlarga jalb etilmagan bolalar uchun joylardagi taʼlim muassasalarida 1 105 ta sogʻlomlashtirish maydonchalari (bepul) tashkil etiladi va ularga 174 297 nafar bola jalb etiladi. Bu maydonchalarda sport, sanʼat va IT yoʻnalishlarida toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda bolalarga moʻljallangan qiziqarli kino va multfilmlar namoyishi tashkil etiladi.

 

Bolalar oʻrtasida kitobxonlikni keng joriy etish maqsadida oromgohlarga 110 ming dona bolalar adabiyotlari yetkazib beriladi va “kitob.uz” platformasidan elektron va audio adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 

Yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha yurtimizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida qisqa muddatli “Ijodkorlar oromgohi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры