Ertadan mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlanadi – vazirlik - Ta’lim xabarlari
Ertadan mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlanadi – vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish ertaga — 1 avgust kuni soat 11:00 da boshlanadi.

 

my.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga 1-sinfga qabul uchun bo’sh o’rinlar bo’yicha ariza topshirishingiz mumkin.

 

Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.

 

Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры