Matematika bilimlari mantiqiy va tahliliy fikrlashni rivojlantiradi, sabr va konsentratsiyani oshiradi hamda texnologiyalar va ma’lumotlarga asoslangan sohalarda ish olib borishda muhim hisoblanadi.
PISA baholash natijalariga ko‘ra, 15-16 yoshli o‘quvchilarning matematikadan o‘rtacha ballari bo‘yicha dunyo reytingi ma’lum qilingan. Ushbu baholash o‘quvchilarning matematik bilimlarini amaliy masalalarda qo‘llash qobiliyatini o‘lchaydi hamda ta’lim tizimlarini global miqyosda taqqoslash imkonini beradi.
Natijalarga ko‘ra, OECD o‘rtacha ko‘rsatkichidan (472 ball) ancha yuqori bo‘lgan Singapur matematika bo‘yicha o‘rtacha 575 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan.
Reytingning yuqori pog‘onalarida Makao (MAH), Tayvan, Gonkong (MAH), Yaponiya va Janubiy Koreya ham joy olgan.
Ushbu mamlakatlar qat’iy o‘quv dasturlari va yuqori akademik talablar orqali matematika ta’limiga doimiy ravishda ahamiyat berib kelgan.
