Ijtimoiy tarmoqlarda 31-dekabr va 2-yanvar kunlari ishga chiqiladi, Yangi yilda qo‘shimcha dam olish kunlar bo’lmaydi, degan xabarlar tarqalmoqda.
Xushnudbekning yozishicha, Yangi yil bayramida qo’shimcha dam olish kunlari bo’ladi. Bu bo’yicha Prezident qarori loyihasi tayyorlangan, tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda.
Loyihaga ko’ra, 31-dekabrdan 4-yanvarga qadar ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’lishi kutilmoqda. Qaror tasdiqlangach, qo’shimcha e’lon qilinadi.
Chunki mazkur masalada yil yakunlarida prezident farmoni qabul qilinib, kelasi yil uchun qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash, shuningdek dam olish kunlarini koʻchirish tartibga solinib keladi.
Misol uchun:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2019 yildagi PF-5875-son Farmoni bilan 2020-yildagi;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2020 yildagi PF-6122-son Farmoni bilan 2021-yildagi;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 yildagi PF-35-son Farmoni bilan 2022-yildagi;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022 yildagi PF-270-son Farmoni bilan 2023-yildagi;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2023 yildagi PF-213-son Farmoni bilan 2024-yildagi bayram va dam olish kunlarini belgilash va ko’chirish tartibi belgilangan bo’lsa,
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2024 yildagi PQ-452-son qarori bilan 2025-yildagi yangi yil bayrami uchun qo’shimcha dam olish kunlari belgilangan edi.
