Yangi yil arafasida qashqadaryolik 134 nafar talaba qizning kontrakt pullari toʻlab beriladi

Yangi yil arafasida qashqadaryolik 134 nafar talaba qizning kontrakt pullari toʻlab beriladi

Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimovning qarori bilan Yangi yil bayrami arafasida 134 nafar talaba qizning qariyb 1 mlrd 128 mln soʻmlik toʻlov-kontrakt pullari toʻlab beriladi.

 

2025-yil 22-dekabr kuni Qashqadaryo viloyat hokimining Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 641-4-0-Q/25-sonli qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Qarshi shahar (N.Xolboyev), Shahrizabz shahar (Sh.Bo‘riyev), G‘uzor tumani (B.Suyunov), Dehqonobod tumani (Sh.Shokirov), Qamashi tumani (X.Usmonov), Qarshi tuman (Z.Aliqulov), Kitob tumani (R. G‘ofurov), Koson tumani (A.Boyqarayev), Kasbi tumani (T.Meyliyev), Ko‘kdala tumani (X.Djurayev), Mirishkor tumani (F.Yusupov), Muborak tumani (G‘.Murodov), Nishon tumani (B.Tog‘ayev), Shahrisabz tumani (S.Xasanov), Yakkabog‘ tumani (N.G‘iyosov) hokimlari 2025/2026-o‘quv yilida umumiy hisobda 134 nafar talabgorlarning bazaviy to‘lov-kontrakt summasi jami 1 127 759 126 (bir milliard bir yuz yigirma yetti million yetti yuz ellik to‘qqiz ming bir yuz yigirma olti) so‘m mablag‘ni ilovaga muvofiq “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratishi va ajratilgan mablag‘ni belgilangan tartibda o‘tkazib berilishi belgilangan.

Tuman (shahar) “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar:

 

 

 

 

Hudud nomi

Tavsiya etiladiganlar soni Shundan  

Jami summa

(so‘mda)

 

1-kurs

2, 3, 4,

5-kurs

Viloyat bo‘yicha 134 18 116 1 127 759 126,0
1 Qarshi shahar 17 2 15 165 283 096,0
2 Shahrisabz shahar 5 0 5 38 500 000,0
3 G‘uzor tumani 10 2 8 86 216 040,0
4 Dehqonobod tumani 8 4 4 60 706 040,0
5 Qamashi tumani 14 3 11 112 420 700,0
6 Qarshi tumani 15 1 14 113 123 000,0
7 Kitob tuman 4 0 4 34 200 000,0
8 Koson tumani 10 0 10 103 376 580,0
9 Kasbi tuman 6 0 6 53 146 700,0
10 Ko‘kdala tumani 4 0 4 31 900 000,0
11 Mirishkor tumani 4 0 4 30 823 000,0
12 Muborak tumani 5 1 4 37 000 000,0

 

13 Nishon tumani 10 2 8 74 198 000,0
14 Shahrisabz tumani 9 0 9 72 800 000,0
15 Yakkabog‘ tumani 13 3 10 114 065 970,0