Clarendon granti har yili dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan bakalavr bosqichini tamomlagan turli soha vakillari uchun toʻliq moliyalashtiriladigan grantni eʼlon qiladi.
Grant magistratura va doktorantura bosqichini Oksford universitetida oʻqish imkonini yaratib beradi. Shuningdek, ishtirokchilar nafaqat uzluksiz taʼlim (full-time), balki sirtqi taʼlim (part-time) shaklida oʻqish uchun ham ariza topshirish imkoniga egalar. Oksford dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Clarendon granti eʼlon qilingan yil, yaʼni 2001-yildan boshlab 2,500 dan ortiq nomzodlar grant sohibiga aylangan. Ushbu dastur nomzodlarga nafaqat hayotlarida burilish nuqtasini yasovchi Oksford universitetida oʻqish imkonini, balki jamiyatda uzoq davom etadigan ijtimoiy, akademik va professional aloqalarni oʻrnatishga yordam beradi.
2026-yilgi mavsum uchun dasturga 200 dan ortiq nomzodlar saralab olinadi. Yanvar oyigacha Oksford universitetiga hujjat topshirganlar Clarendon granti uchun alohida ariza topshirishlari shart emas, yaʼni avtomatik ravishda grant nomzodiga aylanishadi. Dastur ishtirokchilarining oʻqish kontrakti va boshqa xarajatlari toʻliq qoplab beriladi, shuningdek, talabalar maʼnaviy jihatdan ham qoʻllab-quvvatlanadi. Grant sohiblari oʻqish mobaynida stipendiyani ham qoʻlga kiritishadi.
Dasturga ariza qabuli qilish 2026-yil yanvar о’rtalarigacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Nomzodlar 2025-yil dekabr yoki 2026-yil yanvarga qadar Oksford universitetidan oʻzlariga tegishli yoʻnalishni tanlab hujjat topshirishgan boʻlishlari lozim;
- Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari shart. Sertifikatning soʻraladigan balli esa nomzod topshiradigan yoʻnalishiga qarab farq qiladi;
- Dasturda barcha millat vakillari oʻzlari istagan yoʻnalishdagi magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqishlari mumkin. Grantning alohida ajralib turadigan jihati shundaki, ushbu dastur butun dunyo boʻylab akademik koʻrsatkichi yuqori, faol va harakatchan talabalarni saralab oladi;
- Saralash jarayonida nomzodlarning akademik koʻrsatkichlari va muvaffaqiyatlariga asosiy eʼtibor qaratiladi. Ishtirokchilarning akademik koʻrsatkichlari GPA tizimida 4dan kamida 3,7 boʻlishi lozim (balli tizimda 100 balldan 96 ballga toʻgʻri keladi);
- Nomzodlar grantni yutish va universitetda oʻqishga boʻlgan ishtiyoqi, qobiliyati va akademik potensiallarini ariza topshirish jarayonida, yaʼni motivatsion xat, tavsiyanoma va tadqiqot rejasi kabi hujjatlarda namoyon qilib bera olishlari lozim. Saralash jarayonida ushbu hujjatlar asosiy oʻrin tutadi.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:
- Dastur gʻoliblari universitetda oʻqish uchun kontrakt pulidan to’liq ozod qilinadilar;
- Talabalarga oʻqish davomida har yili stipendiya taqdim etiladi; 2023-24 о’quv yilida qabul qilingan talabalarga 18,622 funt-sterling miqdоrida stiрendiya berilgan;
- Oʻqish davomidagi yashash xarajatlari ham grant tomonidan qoplab beriladi. Shu asnosida dastur maʼmuriyati talabalarning faqatgina oʻqishga eʼtibor qaratishlarini taʼminlashni rejalashtirgan;
- Yaratib berilgan imkoniyatlar orqali grant sohiblari oʻqish davomida Oksforddagi aktiv hayotni yashash imkoni va eng muhimi, darslardan boʻsh vaqtda dam olish hamda yangi doʻstlar orttirish imkoniga ega boʻlishadi;
- Grantning sirtqi taʼlim (part-time) shaklida oʻqiyotgan talabalariga esa faqatgina oʻqish bilan bogʻliq toʻlovlar toʻlab beriladi.
Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali koʻproq maʼlumot olish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Grant boʻyicha qoʻshimcha savollar tugʻilgan taqdirda ushbu havola orqali murojaat qilish mumkin.
Clarendon granti fondi tarixi haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:
–iTunes;
–YouTube;
–Facebook;
–LinkedIn;
–Weibo;
–Medium;
Maʼlumot uchun:
Tel: +44 1865 270000;
Fax: +44 1865 270708.
